Buxoroda mast o’g’il onasini bolta bilan urib o’ldirdi
Sud hukmiga oʻkra, sudlanuvchi 18 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtattirish belgilandi.
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi 34 yoshli oʻgʻil uyiga spirtli ichimlik olib kelib oʻz xonasida icha boshlaydi. Qoʻshni xonada nosogʻlom oʻgʻlining turmush tarzidan shikoyat qilayotgan onaning nolasi farzandining gʻashiga tegadi.
Jaxl otiga mingan oʻgʻil omborxonadan temir boltani olib onasini tinchitish maqsadida u yotgan xonaga kiradi va koʻzi ojiz onasining boʻyniga oʻzi bilan olib kelgan bolta bilan urib oʻldiradi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Gʻijduvon tuman sudida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqildi va sudlanuvchiga nisbatan hukm oʻqildi. Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi 18 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtattirish belgilandi.
Buxoro, g'ijduvon




