10:43 / 03.02.2025
57 953

Xorazm va Fargʻona viloyatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi UzNur.uz

 

Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli boʻlgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat boʻsh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga oʻtkazib, u yerda koʻp qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani boʻlimi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini koʻtarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud boʻlmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing