11:52 / 31.01.2025
62 938

Toshkentda avtobus haydovchilari do‘ppi kiyishni boshladi UzNur.uz

Toshkentda avtobus haydovchilari do‘ppi kiyishni boshladi

 

Avvallari davlat idoralari xodimlariga juma kunlari milliy libosda yurish tavsiya qilingan edi.


Toshkentda avtobus haydovchilari milliy libosda harakatlana boshladi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.


 

Kompaniya hokim Shavkat Umurzoqov qarorini esga olib, “Toshshahartransxizmat”da har haftaning juma kuni “Milliy kiyim kuni” sifatida belgilanishini maʼlum qildi.


 

Poytaxt aholisi va mehmonlariga milliy qadriyatlarimizni namoyish etish maqsadida shahar avtobuslari yo‘lovchilari, 67 va 91-sonli yo‘nalishlarda ishlovchi avtobus haydovchilari bugundan o‘zbek milliy bosh kiyimi – do‘ppi kiyib o‘z ish faoliyatini boshladilar, deyiladi xabarda. .



avtobus, milliy kiyim, do'ppi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing