Toshkentdagi bogʻchada bolaning kaltaklanishi sabab oyogʻi sindi UzNur.uz
Tarbiyachi uni tinchlantirish maqsadida yuzlariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchada bola kaltaklanishi sabab oyogʻi singani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi "Solnыshko" xususiy MTTda sodir boʻlgan.
Unda tarbiyachi yordamchisi Y.M.tarbiyalanuvchi S.A.ni tinchlantirish maqsadida uni yuzlariga urib, tortganicha yotoqxonaga olib kirgan. Jarohat yetkazilishi oqibatida bolaning chap oyogʻi singan.
“Bolaga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan”,- deyiladi xabarda




