Yosh qizga tegajog’lik qilgan 62 yoshli erkak qamaldi UzNur.uz
Toshkent shahrida mashinasiga yo’lovchi sifatida o’tirgan erkak yosh qizga tegajog’lik qilgan. Haydovchi uning oyoqlariga teginib shahvoniy shilqimlik qilgan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi 1962 yilda tugʻilgan erkakka nisbatan jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.
Huquqbuzar 2025 yil yanvar oyining 22 kuni 16:30 da boshqaruvidagi Matiz’da yoʻlovchi talaba qiz N.X.ga bilan Yakkasaroy tumanidagi universitetga ketayotganida N.X.ga qaddi-qomatini tavsiflab, uni oyogʻiga teginib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud majlisida huquqbuzar M.S. aybiga qisman iqrorlik bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, haqiqatdan ham 22 yanvar kuni soat 16:30 da boshqaruvidagi Matiz’da harakatlanib ketayotganida, Zangiota tumanidan bir yoʻlovchini universitetga olib kelib qoʻyish uchun olgan. Erkak avtomashinasida musiqani ovozini baland qilib eshitib ketganida, avtomashinaning orqa oynasi ochiqligi sababli, avtomashinaning saloni sovib ketgan, shunda u orqa oynani
yopmoqchi boʻlib qoʻlini choʻzgan vaqtida qoʻli bexosdan N.X.ning oyogʻiga tegib ketgan.
Shunda u talab qizni universitetiga olib kelib qoʻygan vaqtida N.X. avtomashinaning eshigini qattiq yopib tushib ketgan. Erkak esa N.X.ga avtomashinani eshigini qattiq yopmasligini aytib baqirgan.
Sud qarori bilan erkak MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilsin va unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Yakkasaroy, shilqimlik, 62 yoshli erkak




