15:47 / 18.08.2025
5 946

Surxondaryoda ayol erining 6 yillik zo‘ravonligidan shikoyat qildi

 


 Ijtimoiy tarmoqlarda kosmetolog bo‘lib ishlaydigan ayolning ko‘karib, shilingan tan jarohatlari aks etgan foto va videolar tarqaldi.


 Jabrlanuvchining singlisi ma’lum qilishicha, ular turmush qurganiga olti yil bo‘lgan va shu davr mobaynida ayol eridan muntazam ravishda kaltak va tahqirlashlarga duch kelgan. Ayol kosmetolog sifatida ishlagan va oilaning deyarli to‘liq moddiy ta’minotini o‘z zimmasiga olgan.


U qarzlarni to‘lab, mashina kreditini yopgan, hatto erining sigaret va sport zaliga abonement xarajatlarini ham qoplagan. Ammo erining o‘zlashtirgan pullari o‘yin-kulgilarga sarflangani aytilmoqda.


 Produser bo‘lib ishlaydigan er esa ayblovlarga izoh berar ekan, turmush o‘rtog‘ini yaxshi ko‘rishini, “ayol hisobiga yashamaganini” hamda uning muvaffaqiyatlari erining qo‘llab-quvvatlashi evaziga yuzaga kelganini ta’kidladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing