20:32 / 06.04.2025
37 184
Toshkent viloyatida togʻida adashib qolgan 3 nafar fuqaro qutqarildi
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon” togʻida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, kecha, 5-aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon” togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 3 nafar fuqaro yoʻldan adashib, togʻning yuqori qismidan pastga tusha olmayotganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida fuqarolarning joylashgan joyi aniqlanib, togʻning dengiz sathidan taxminan 3100 metr balandligidan sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Kun tarixi: 50 mingdan ziyod kishi halok bo`lishiga sabab bo`lgan Turkiyadagi zilzila voqeasiga 2 yil to`ldi

Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi

Hazoraspdagi kiyim-kechak doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi

Kir mashinaga tiqilib qolgan bolakay qutqarildi

Respublika hududida 26-yanvar kuni ham qor yog'ishi kutilmoqda UzNur.uz