08:37 / 04.04.2025
41 386

Gidrometeorologiya xizmati agentligi ogohlantiradi!

 
Oʻzbekistonning 9 ta viloyatida 4-7-aprel kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin


Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor:


Joriy yilning 4-7-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:


Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;


Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on,Muzrobot tumanlarida;


Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;


Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;


Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;


Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;


Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;


Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;


Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


🔹Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing