Joriy yilda 8 ta davlatga 39 turdagi meva-sabzavot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olinib, fitosanitar ruxsatlar soni 612 taga yetkazildi
Joriy yilda 8 ta davlatga 39 turdagi meva-sabzavot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olinib, fitosanitar ruxsatlar soni 612 taga yetkazildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Eksportchi korxonalar tomonidan mavsumiy meva-sabzavotlarni (uzum, gilos, o‘rik, shaftoli, nektarin, anjir, olcha va boshqalar) omborlarda sublimatsiyalangan va muzlatilgan holda saqlanib, qimmatroq narxlarda eksport qilish amaliyoti keng joriy etildi.
209 ta qadoqlash korxonasi xalqaro talablarga muvofiqlashtirilib, Agentlikning reyestrga kiritildi.
Minimal narxlarni belgilash hamda saralangan, kalibrlangan va qadoqlangan mahsulotlar uchun tashish xarajatlarini kompensatsiya qilishning yangi mexanizmlari joriy etilishi natijasida ayrim turdagi meva-sabzavotlar eksportida o‘tgan yilga nisbatan mahsulot qiymati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Bu o‘z navbatida, respublikamizda zamonaviy saralash, qadoqlash va chuqur qayta ishlash texnologiyalarini qo‘llaydigan korxonalar sonining ko‘payishi (270 ta yangi), va milliy mahsulotlar tashqi bozorlarga kirib borish jarayonini jadallashtirdi.
19 turdagi mahsulot eksporti bo‘yicha 83 ta korxona va 115 ta bog‘ Xitoyning maxsus reyestrga kiritildi.
Karantin agentligi tizimida Xalqaro talablarga muvofiq dukkakli mahsulotlar eksportida “Sprout” sertifikatlash tizimi joriy etilib, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Niderlandiyaga mosh mahsulotini 2,5 barobar qimmat, ya’ni tonnasiga 1 500 - 2 200 dollar narxda sotish imkoniyati yaratildi.
Xalqaro ekspertlar jalb qilinib, joylarga chiqqan holda meva-sabzavot yetishtiruvchilar va respublikaning 1 000 dan ortiq eksportchi, 9 ta logistika, 35 dan ortiq qadoqlash va qayta ishlash korxonalari, 155 dan ortiq yer egalariga eksport talablari o‘rgatildi.
turdagi, joriy, qadoqlash, mahsulotlar, ortiq, mevasabzavot, eksporti, uchun, fitosanitar, ruxsatlar, agentligi, korxonalar, holda, eksport, etildi, talablarga, reyestrga, kiritildi, eksportida




