09:56 / 25.04.2025
347 921
Markaziy bank 1-iyundan banklar uchun kichik biznesni kreditlash bo‘yicha talablarni soddalashtiradi
Ularning kreditlari bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 75%gacha pasaytiriladi. Amalda bu foiz stavkasidan kelib chiqib, 100, 150 va 200% ni tashkil etadi.
Bu esa qarz miqdorini bank regulyativ kapitalining 0,2%idan oshmagan holda 300 mln so‘mdan 15 mlrd so‘mgacha oshiradi.
Avvalroq Fitch Ratings agentligi bank sektori bo‘yicha direktori Pavel Kaptel hukumat iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini oshirish yo‘lida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Biroq Kaptel o‘rta muddatli istiqbolda bu banklar uchun aktivlari sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
2024-yilda O‘zbekistonda iste’mol va avtokreditlar ajratish ikki baravarga kamaydi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi birinchi marta $10 mlrddan oshdi
Prezident bir nechta davlat banklarini xususiylashtirishning so‘nggi muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 300 mln so‘mgacha shartsiz kredit beriladi