12:23 / 12.02.2025
42 556

2024-yilda O‘zbekistonda iste’mol va avtokreditlar ajratish ikki baravarga kamaydi

Sentabr oyida avtokreditlash 2022-yil fevral oyidan beri eng past darajaga yetdi. Iyul oyidan boshlab Markaziy bank qarz oluvchilarga talablarni kuchaytirdi.

 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko`ra, 2024-yilda milliy valyutada rasmiylashtirilgan iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobardan ko‘proq kamaydi.

Yanvar-dekabr oylarida fuqarolar tomonidan 17,08 trln so‘mlik avtokreditlar olindi, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 2,14 barobar kamdir.

Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar yanvar va may oylariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1,7 trln so‘m berilgan.

Iste’mol kreditlari 2,4 barobarga — 32,54 trln so‘mdan 13,05 trln so‘mga qisqardi. Eng ko‘p chakana kreditlar may oyida (1,8 trln so‘m) berilgan.

Sentabr oyida avtokreditlash (1,14 trln so‘m) 2022-yil fevral oyidan beri eng past darajaga yetdi.

Iste’molchi kreditlari 2,16 barobar — 40,14 trln so‘mdan 18,54 trln so‘mgacha qisqardi. Chakana kreditlar eng ko‘p yanvar, aprel-may va oktabr oylarida berildi (taxminan 1,8 trln so‘m). Eng kam faollik iyun oyida kuzatildi — 1,25 trln so‘m miqdorida kredit ajratildi, bu so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkichdir.

Nima uchun kreditlash pasaymoqda?

O‘tgan yilning sentabr oyida Markaziy bank banklarga avtokreditlar ajratish bo‘yicha talablarni kuchaytiorgan edi. Shunday qilib, banklarning kredit portfelidagi avtomobil sotib olish uchun qarzlarning ulushi kreditlar konsentratsiyasi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar tufayli 25%dan oshmasligi kerak.


Joriy yil 1-iyuldan boshlab Markaziy bank aholiga kreditlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirdi. Regulyator kredit bo‘yicha o‘rtacha to‘lovlarning qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadigan qarz yuki ko‘rsatkichini joriy qildi.

Ushbu parametr jismoniy shaxslarga mikrokredit berishda allaqachon qo‘llaniladi. Mikroqarzlar berish kredit oluvchining daromadi miqdorining yarmi bilan cheklandi.

Unga ko‘ra, 1-iyuldan kreditlash limiti 60% etib belgilanadi, 2025-yildan esa 50%gacha pasaytiriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank fuqarolarga ipoteka va avtokreditlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirdi. Qarz oluvchilarning kredit riskini baholashda qo‘shimcha ko‘rsatkich — “kredit/garov” koeffitsiyenti hisobga olinadi.

Iyul oyida “ADM Jizzakh” avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletiyorov Markaziy bank avtokreditlar berish bo‘yicha ochiqlanmagan cheklovlar joriy qilganini aytdi. Bu yil avtomobil savdosi 15%ga — 350 ming donagacha pasayishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing