11:51 / 24.04.2025
8 115

Xorijiy investitsiyalar ko‘proq qaysi hududga kiritilmoqda?

 

2025-yilning 1 choragida O‘zbekiston hududlariga kiritilgan jami investitsiyalar 120 trln so‘mni tashkil qildi, shundan 71% — xorijiy investitsiyalar. 


Investitsiyalar ulushida xorijiy sarmoya miqdori eng ko‘p bo‘lgan hudud – Sirdaryo bo‘ldi. Bu yerda chet el mablag‘lari jami sarmoyalarning 84%ini tashkil qilgan. 


Lekin mablag‘ miqdori hisobida, eng ko‘p xorijiy investitsiya - Toshkent viloyatiga kiritilgan - 11,3 trln so‘m, ikkinchi o‘rinda Namangan — 10,3 trln va Toshkent shahri - 8,6 trln so‘m.  


Eng kam mablag‘ kiritilgan hudud Xorazm viloyati— 2,4 trln so‘m.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing