“Mijozlar uchun qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi” — Markaziy bank pul o‘tkazmalariga qo‘yiladigan yangi talablar haqida
Regulyator ijtimoiy tarmoqlardagi to‘lov xizmatlarida pul o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha xabarlarga izoh berdi.
Ichki nazorat qoidalarining 312-bandiga asosan BHMning 30 barobariga (11,25 mln so‘m) teng yoki undan oshgan ichki elektron pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natuvchining identifikatsion ma’lumotlari bilan birga yuborilishini ta’minlashlari kerakligi belgilanmoqda.
“Ta’kidlash joizki, mazkur band mijozlarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Telegramdagi Kurbanoff kanali muallifi Shuhratbek Qurbonovning yozishicha, o‘zgarishlar “ko‘proq texnik xususiyatga ega”. 30 BHMdan yuqori to‘lovlarni Soliq qo‘mitasi yoki Bosh prokuraturaga o‘tkazish haqida gap ketmayapti. “Mijozlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi” — deya xulosa qildi u:




