Braziliyada er-xotin birgalikda eng uzoq turmush kechirgan juftlik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi UzNur.uz
Braziliyada er-xotin birgalikda eng uzoq turmush kechirgan juftlik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Ular 84 yil avval oila qurishgan va bu vaqt davomida 13 nafar farzandni voyaga yetkazishgan.
“Ular 1940-yilda Braziliyaning Seara shahridagi Boa Ventura ibodatxonasida turmush qurishgan. O‘sha davrlar hozirgidan butunlay o‘zgacha edi. Masalan, birinchi dasturlashtiriladigan kompyuter hali ixtiro qilinmagan, Braziliya esa hali birorta ham jahon chempionatida g‘olib chiqmagan edi!”, deyiladi Ginnesning rekordlari saytida.
Manoel va Mariya 1936-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlayotgan paytda tanishgan. Manoel bo‘lajak rafiqasi yashaydigan shaharga an’anaviy Braziliya shirinliklari — rapaduralar partiyasini olib ketish uchun tashrif buyurgan. Oradan to‘rt yil o‘tgach, ular tasodifan yana uchrashib qolishgan va bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan.
Dastlab Mariyaning onasi bu munosabatlarga qarshi bo‘ladi, shu sababli Manoel niyati jiddiy ekanligini isbotlash uchun bo‘lajak oilasi uchun uy qura boshladi. So‘ng ikkala oila roziligi bilan Manoel va Mariya 1940-yilda turmush qurishdi va o‘zlari barpo etgan uyda yashay boshladi. Oilasini boqish uchun Manoel tamaki yetishtirib, sotar edi.
Er-xotin 13 nafar farzandni voyaga yetkazdi, hozirda ularning 55 nabirasi, 54 evarasi va 12 ta chevarasi bor. Ular asosiy vaqtini dam olish va birgalikda ibodat qilish bilan o‘tkazadi.
Ulardan mustahkam turmush siri nimada, deb so‘rashganda Mariya qisqagina “Muhabbat”, deya javob beradi.
Yaqin tarixda eng uzoq vaqt birga nikohda yashagan oila sifatida 19-asrda yashab o‘tgan Devid Jeykob Hiller va Sara Deyvi Hiller qayd etilgan. Er-xotin 1898-yilda Sara vafot etgunga qadar 88 yil-u 349 kun davomida birga hayot kechirgan.
eng uzoq birga yashagan juftlik, Ginnes rekordlari




