14:55 / 20.11.2024
183 201

Bitcoin deyarli 94 ming dollargacha o'sdi

 

Bitcoin deyarli 94 ming dollargacha o'sdi.

Kriptovalyutaning narxi yana rekord darajaga yetdi.

Bitkoin kriptovalyutasi narxi yana tarixiy maksimal darajaga yetdi, deb yozadi “TASS” Binance birjasiga tayanib.

Bir kun oldin (19-noyabr) bitkoin 93 856 dollarga ko‘tarilib, bir necha daqiqadan so‘ng o‘sish 93 710 dollargacha sekinlashdi.

Respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozongan AQSh prezidentlik saylovlari natijalaridan so‘ng kriptovalyuta sezilarli darajada qimmatlasha boshladi.
Saylov kampaniyasi davomida u Bitcoin va umuman kriptosanoatni qo‘llab-quvvatlab, uning rivojlanishiga hissa qo‘shishga va’da berdi.

VanEck investitsiya kompaniyasining raqamli aktivlarni o'rganish bo'yicha rahbari Metyu Sigelning ta'kidlashicha, 2025 yilning o'rtalariga kelib Bitcoin kriptovalyutasi uchun kotirovkalar 180 000 dollarga yetishi mumkin.


bitcoin, TASS, Tramp, 2024, 2024 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing