15:39 / 09.01.2025
99 426

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi. Bunga besh nafar voyaga yetmagan bolaning yong‘inda vafot etgani sabab bo‘lgan

 

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi. Bunga besh nafar voyaga yetmagan bolaning yong‘inda vafot etgani sabab bo‘lgan.

Gruziya shimoli-g‘arbidagi Abxaziya viloyati Gali tumanida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inda oqibatida besh nafar voyaga etmagan bola vafot etgan. Bu haqida «Agenda» nashri xabar berdi.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, bugun, 9 yanvar mamlakatda motam kuni deb e’lon qilingan.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening farmoniga ko‘ra, motam kuni butun mamlakat bo‘ylab barcha hukumat binolarida davlat bayroqlari yarim balandlikka tushiriladi hamda rejalashtirilgan tadbirlar qoldiriladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, marhum bolalarning dafn marosimi ertaga, 10 yanvar kuni o‘tkaziladi. Gruziya hukumati yong‘in oqibatida halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolariga ta’ziya bildirib, fuqarolarni birdamlikka va hodisa sabab jabrlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan


Gruziya, motam, bo‘lgan, ko‘ra, e’lon, nafar, voyaga, vafot, sabab, yong‘in, oqibatida, vaziri, Irakliy, yanvar, bolalarning, Gruziyada, qilindi, Bunga, yetmagan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing