19:19 / 03.01.2025
109 625

Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi


Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
 
Shavkat Mirziyoyev Yangi Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Davlatimiz rahbari O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, — deyiladi xabarda.
1-yanvar kuni Yangi Orlean shahridagi Fransuz kvartalining asosiy ko‘chasi va shaharning eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lgan Burbon-stritda mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, shuningdek, 35 kishi jarohatlangani aytildi. Keyinroq halok bo‘lganlar soni 14 nafar deya ma’lum qilindi.
Federal tergov byurosi (FTB) bu voqeani “terrorchilik harakati” deb ta’rifladi. Hujumda AQSh fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda. Uning ijaraga olingan mashinasidan ISHID bayrog‘i topilgan.


Yangi, bilan, halok, Shavkat, Mirziyoyev, munosabati, ta’ziya, Orlean, odamlar, kishi, yo‘lladi, shahrida, mashina, kirib, “terrorchilik, harakati”, Baydenga, maktubi, oqibatida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing