13:57 / 07.01.2025
187 035

Tailandda fil hujumi natijasida ispaniyalik sayyoh qiz vafot etdi

 

Tailandda fil hujumi natijasida ispaniyalik sayyoh qiz vafot etdi.

Tailandda 22 yoshli ispaniyalik sayyoh Blanka Garsiya fil hujumi tufayli vafot etdi. Bu haqida «Sky News» nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qiz o‘z hamrohi bilan Tailand janubi-g‘arbidagi «Yao Yay» oroliga borgan. Qiz fillardan birini cho‘miltirmoqchi bo‘lganda hujumga uchragan hamda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Mutaxassislarning aytishicha, fil hududga tashrif buyuruvchi sayyohlarning munosabatidan ta’sirlangan hamda stressga tushgan bo‘lishi mumkin.
«Koh Yao» nomli fillarni parvarish qilish markazining ta’kidlashicha, fillarni cho‘miltirish tashrif buyuruvchilarning sevimli mashg‘ulotlaridan biridir. Odatda ularning insonlarga hujum qilishi kuzatilmaydi.
Bunday hodisalar yovvoyi fillar bilan sodir bo‘ladi, ular ba’zan tabiiy yashash joylarini yo‘qotganligi sababli odamlar yashaydigan hududlarga kirib qolishadi. Sayyohlar bunday fillarni ajrata olishmaydi, natijada hujum qurboniga aylanishlari mumkin.
Co‘nggi 12 yil ichida Tailandda yovvoyi fillar hujumidan 240 ga yaqin o‘lim qayd etilgan. Birgina 2024 yilda jami 39 ta shunday o‘lim o‘lim holati aniqlangan, deyiladi xabarda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tailandning qo‘riqxonalari hamda milliy bog‘larida 4000 ga yaqin yovvoyi fillar yashaydi.


Tailandda, vafot, hamda, fillarni, yovvoyi, fillar, o‘lim, hujumi, ispaniyalik, sayyoh, tufayli, bilan, tashrif, mumkin, hujum, yaqin, natijasida, yoshli, Blanka
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing