“WhatsApp"da hujjatlarni skanerlash funksiyasi paydo bo‘ldi
Skanerlash smartfon kamerasi yordamida amalga oshiriladi. Keyin hujjatlarni darhol chat yoki guruhga yuborish mumkin.
“WhatsApp” messenjeri foydalanuvchilari yangi funksiya paydo bo‘lganini payqashdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, endi ilovada hujjatlar skaneri funksiyasidan foydalanish mumkin.
“WhatsApp” foydalanuvchilari endi hujjatlarni oldindan suratga olishlari va ularni uchinchi tomon dasturlari yordamida skanerlashlari shart emas.
Endi hamma narsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri messenjerda smartfon kamerasi yordamida amalga oshiriladi. Shu tarzda skanerlangan hujjatlarni darhol chat yoki guruhga yuborish mumkin.
Ayni paytda hujjatlarni skanerlash imkoniyati faqat iOS operatsion tizimi uchun mavjud.
Ilova yangilangandan so‘ng, funksiya barcha uchun, ehtimol, Android operatsion tizimida smartfon foydalanuvchilari uchun ham ochiq bo‘ladi.




