19:20 / 16.12.2024
141 001

Rossiya tarkibiga yangi hududlar qo’shilishi mumkin Uznur.uz


 
Rossiya tarkibiga yangi hududlar qo’shilishi mumkin.


Rossiya tarkibida kelajakda yangi hududlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev xabar berdi.


Medvedevning bayonoti “Yagona Rossiya” partiyasi qurultoyida yangragan. U Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donetsk, Lugansk, Zaporojye hamda Xerson viloyatlari keng ko‘lamli bosqin paytida Rossiya tomonidan bosib olinganiga ishora qilib, bu davom etishi mumkinligini aytgan. 


Medvedev “yangi hududlarni” Rossiya tarkibiga kiritishda shunday “integratsiya” tajribasidan foydalanish mumkinligini ta’kidlagan. Biroq qaysi hududlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.


 


Rossiya, hududlar, Medvedov, xavfsizlik, Dmitriy
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing