10:57 / 13.12.2024
145 763

Bayden Ukrainaga 72-harbiy yordam paketini tasdiqladi - u nimani o'z ichiga oladi

 

Bayden Ukrainaga 72-harbiy yordam paketini tasdiqladi - u nimani o'z ichiga oladi.

AQShning amaldagi prezidenti ma’muriyati muddati tugagunga qadar Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 72-harbiy yordam paketini ajratishni ma'qulladi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Prezident Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha yangi yordam paketini tasdiqladi. 72-harbiy yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, UAVlar, artilleriya va zirhli texnikalarni o'z ichiga oladi, dedi u.

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Jo Bayden ma’muriyati 2025-yilning 20-yanvarida muddati tugaguniga qadar Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Noyabr oyida Pentagon rahbari Lloyd Ostin Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini ma’lum qilgan edi.


Bayden, Ukrainaga, 72, harbiy, yordam, paketini, tasdiqladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing