17:21 / 10.04.2025
30 862

Ilon Mask 30-maygacha ishdan chetlatilishi mumkin


Texaslik demokrat Gregori Kazarning Axios portaliga ma’lum qilishicha, Ilon Mask 30 mayga qadar hukumat ishidan chetlatilishi mumkin.


Demokratlar partiyasiga mansub 77 nafar kongressmen bu masalada Donald Trampga murojaat qilgan. Ularning talabiga ko‘ra, Mask maxsus davlat xizmatchisi sifatida 130 kundan ortiq lavozimni egallab turishi qonunga zid hisoblanadi.


Demokratlarning fikricha, u hukumatdagi ishiga faqat bir yillik tanaffusdan so‘ng qaytish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq bungacha Mask Tesla va SpaceX kompaniyalaridagi ulushlaridan ham voz kechishi talab qilinadi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing