“The Wall Street Journal” “supermilliarderlar"ning yangi reytingini e`lon qildi.

1987-yilda “Forbes” jurnali birinchi marta milliarderlar reytingini e’lon qilganda, dunyodagi eng boy odam yaponiyalik magnat Yoshiaki Tsutsumi bo‘lib, uning boyligi $20 mlrdni tashkil etgan edi.

Yangi reytingning bugungi kundagi yetakchisi $419,4 mlrd boylik bilan Ilon Mask bo‘lib, bu Tsutsumining o‘sha paytdagi boyligidan 21 barobar ko‘pdir.

Bugungi kunda dunyoda boyligi $50 mlrddan ortiq bo‘lgan 24 nafar kishi mavjud. Fevral oyi boshida o‘ta boy milliarderlarning umumiy boyligi $3,3 trlnga yetib, bu Fransiya yalpi ichki mahsulotidan ko‘p hisoblanadi.


Bu barcha oddiy milliarderlar umumiy kapitalining 16%ini tashkil etadi. “Altrata” kompaniyasi o‘zining eng boy tadbirkorlar va qolgan milliarderlar o‘rtasidagi farq tobora ortib borayotgani haqidagi tadqiqotida shunday ma’lumotlarni keltirgan.

“O‘z guruhidagi milliarderlar orasidagi farq tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda,” — deb ta’kidlaydi Altrata tahliliy yo‘nalishi rahbari Maya Imberg.

Quyidagi jadvalda dunyoning eng boy 24 super milliarderi va ularning asosiy bizneslari keltirilgan:

Ismi Boylik (dollarda, mlrd) Asosiy biznes
1 Ilon Mask 419,4 Tesla
2 Jeff Bezos 263,8 Amazon
3 Bernar Arno 238,9 LVMH
4 Lourens Allison 237,0 Oracle
5 Mark Sukerberg 220,8 Meta
6 Sergey Brin 160,5 Alphabet
7 Stiv Balmer 157,4 Microsoft
8 Uorren Baffet 154,2 Berkshire Hathaway
9 Jeyms Uolton 117,5 Walmart
10 Samuel Robson Uolton 114,4 Walmart
11 Amansio Ortega 113,0 Inditex
12 Elis Uolton 110,2 Walmart
13 Jensen Xuan 108,4 NVIDIA
14 Bill Geyts 106,0 Microsoft
15 Maykl Blumberg 103,4 Bloomberg
16 Larri Peyj 100,9 Alphabet
17 Mukesh Ambani 90,6 Reliance Industries
18 Charlz Kox 67,4 Koch Industries
19 Juliya Kox 65,1 Koch Industries
20 Fransuaza Bettankur-Mayers 61,9 L’Oréal
21 Gautam Adani 60,6 Adani Group
22 Maykl Dell 59,8 Dell Technologies
23 Zhong Shanshan 57,7 Nongfu Spring
24 Prajogo Pangestu 55,4 Barito Pacific


24 nafar o‘ta boy milliarderlar orasida faqat uchta ayol bor — bular “L'Oréal” merosxo‘ri Fransuaza Bettankur-Mayers ($61,9 mlrd) hamda “Walmart” do‘konlar tarmog‘iga egalik qiluvchi “Walton” sulolasining ikki nafar vakilidir.

O‘ta boylarning aksariyati AQShda istiqomat qiladi — mamlakat tashqarisida atigi yetti kishi yashaydi, ular orasida hindistonlik tadbirkorlar Mukesh Ambani va Gautam Adani, shuningdek, xitoylik milliarder Chzhun Shanshan (Nongfu Spring) bor.