Ilon Mask Tramp maʼmuriyatida qaysi lavozimda ish boshlashi maʼlum boʻldi
Dunyoning eng boy odami Ilon Mackning Amerika hukumatida qanday lavozimda ishlashi maʼlum boʻldi, deb xabar bermoqda “NBS News” nashri.
Unga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp “Tesla”, “SpaceX” kompaniyalari rahbari Ilon Maskni Hukumat samaradorligi departamentiga rahbar etib tayinlagan. Mask ushbu departamentda “maxsus hukumat xodimi” sifatida faoliyat olib boradi.
Maʼlum boʻlishicha, Maskning “SpaceX” kompaniyasi federal hukumat bilan shartnomalarida milliardlab pul ishlab olgan. Bu esa koʻplab siyosiy tanqidchilarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
“Maskning federal hukumat bilan daromad qilishi manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaradi. U davlat lavozimiga kirishgach manfaatlar toʻqnashuvi talablari va axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilishi kerak”, — deydi tanqidchilar.
Kongress tadqiqot xizmati hisobotiga koʻra, maxsus davlat xodimlari yil davomida 130 kundan ortiq ishlashlari mumkin emas. Shuningdek, Mask ham oʻz lavozimida yarim kun ishlash huquqiga ega boʻladi.
“Ilon Mask bizning roziligimizsiz hech narsa qila olmaydi. Kerak boʻlganda uning takliflarini oʻrganib chiqqan holda ruxsat beramiz yoki rad qilamiz. U oʻz lavozimidagi faoliyati haqida doimiy hisobot berib turadi”, — deydi Tramp.




