10:45 / 10.04.2025
114 166

Qirg‘izistonda navbatdagi davlat to‘ntarilishining oldi olindi 

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlat to‘ntarishi sodir etishni rejalashtirgan guruhni qo‘lga oldi. 


Guruh aʼzolari xorijliklar tomonidan "tahqirlangan va kaltaklangan", yarim yalang‘och qirg‘iz ayolining murojaati aks etgan soxta video suratga olib uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishni rejalashtirgan. 


Ushbu video ortidan Bishkekda 2024-yilning may oyida sodir bo‘lgan voqealarga o‘xshash tartibsizliklar kelib chiqishi ko‘zlangan. Keyin esa o‘qotar qurollarga ega bo‘lgan maxsus jangovar guruhlar chet elliklar yashaydigan va ishlayotgan joylarga bostirib kirib mushtlashuv va yoppasiga talon-tarojlar uyushtirishi kerak bo‘lgan. 


Bularning barchasi hokimiyatni obro‘sizlantirish va aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otish maqsadida qilingan. 


Tashkilot boshqaruvi xorijdan olib borilgan. Guruh aʼzolaridan bir nechasi qo‘lga olingan, rahbarlardan biri BAAda yashiringan. 




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing