14:22 / 25.08.2025
47 895

Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt joriy etiladi

  


Prezident qaroriga muvofiq, sud tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish jarayoni jadallashtiriladi. Endilikda sud ishlarini qog‘ozdan to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, zamonaviy texnik infratuzilmani yaratish va yagona sud hujjatlari arxivi modulini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.


“Raqamli sud” konsepsiyasi orqali fuqarolar sudga murojaat qilishdan oldin sun’iy intellekt yordamida ishning taxminiy natijasi va xarajatlarini bilib oladi, murojaatlar elektron shaklda yuboriladi hamda sud hujjatlari loyihalari avtomatik tarzda shakllantiriladi.


Bu tizim sud jarayonlarini soddalashtirib, tezkor va shaffof ishlov berishni ta’minlaydi, fuqarolar uchun qulaylikni sezilarli darajada oshiradi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing