12:09 / 15.01.2025
89 687

O’zbekistonlik yoshlar yaratgan g’oya BAA sammitida g’olib bo’ldi

 

 O’zbekistonlik yoshlar yaratgan g’oya BAA sammitida g’olib bo’ldi.


Kecha, 14-yanvar kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida “Abu Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. 

Bu galgi sammit kun tartibiga “Yashil” iqtisodiyot sohasida barqaror taraqqiyotni ta’minlash, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Bu safargi mukofotning “Global o’rta maktablar” nominatsiyasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi g’olib deb topilgan.


 

Maktab o’quvchilari Pahlavon G’ulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg’ir suvini ichishga yaroqli darajasigacha qayta ishlash loyihasi bilan g’alabani qo’lga kiritgan.


Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning shaxsan o’zi tanlov g’oliblariga mukofotni topshirgan.



Abu Dabi, sammit, Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing