11:39 / 27.08.2025
821

iPhone 17 taqdimoti sanasi e’lon qilindi

 


Apple kompaniyasi o‘zining “Awe dropping” shiori ostidagi yillik kuzgi taqdimotini 2025-yil 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da o‘tkazishini rasmiy e’lon qildi. Tadbir an’anaga ko‘ra, Kaliforniya shtatining Kupertino shahridagi Apple Park majmuasida joylashgan Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tadi.


 Kutilayotgan yangiliklar:

– To‘rtta yangi iPhone 17 modeli, jumladan, ultra yupqa iPhone 17 Air taqdim etilishi kutilmoqda.

– Yangi Apple Watch seriyasi va AirPods Pro 3 ham namoyish qilinishi mumkin.


Tim Kuk taqdimot sanasini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan bo‘lib, Apple muxlislari hozirdanoq katta qiziqish bilan kutmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing