10:51 / 08.07.2025
43 152

IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati 250 dollargacha qimmatlashdi

 


 Toshkentdagi “Malika” bozorida telefonlarni noqonuniy IMEI ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati keskin qimmatlashdi.


 Yangi narxlar:

– Ilgari: $30–40

– Endi: $100–250 gacha


Kimlar murojaat qilmoqda?

– Chegaradan o‘tayotganda telefonini deklaratsiya qilmaganlar

– Eski telefonida e-SIM faollashtirganlar

– Tizim ularni ko‘pincha “yangi qurilma” deb qabul qiladi


 Narx oshish sabablari:

– IMEI bo‘yicha yangi qonun kuchga kirgan

– Bojxona to‘lovlari oshgan

– Ko‘pchilik fuqarolar deklaratsiya talabini bajarmayapti


Eslatma:

IMEI ro‘yxatdan o‘tmagan telefonlar tarmoqdan bloklanishi mumkin.

 Telefoningizni rasmiy yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing