14:06 / 08.04.2025
34 306

iPhone 17 dizaynidagi asosiy o‘zgarishlar qanday?

 

Apple dizaynni o‘zgartirgani va kamera moduli korpus bilan bir xil rangda qolishini ma’lum qildi.
Apple kompaniyasining flagman smartfoni iPhone 17 Pro‘ning dizayni ilgari taxmin qilinganidek, o‘tmishdoshidan jiddiy farq qilmaydi. Bu haqda Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman ma’lum {iPhone}

Muallif ta’kidlashicha, u 17-seriyada Pro-versiya ko‘rinishida keskin o‘zgarish kutmayapti, chunki u oldingi modelga juda o‘xshash bo‘lib qoladi. Uning aytishicha, orqa panel baribir o‘zgarishlarga uchragan, model telefonning yuqori qismida gorizontal joylashgan to‘liq o‘lchamli to‘rtburchak kamera moduli bilan ajralib turadi. Ushbu yangilik avvalgi kvadrat shaklidagi videokameralar blokining o‘rnini egallaydi.
Butun 17-seriyaning asosiy farqi turli rangdagi korpuslardan ajralib turadigan to‘g‘ri burchakli qora kamera moduli bo‘lishi kutilgan edi. Biroq Gurman kompaniyadagi manbalarga asoslanib, Apple dizaynni o‘zgartirgani va kamera moduli korpus bilan bir xil rangda qolishini ma’lum qildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing