10:10 / 04.03.2025
9 080

Bo'stonliqqa olib boruvchi ayrim yo'llar vaqtincha yopiladi

 

4-5 mart kunlari velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li yopiladi.

4-mart kuni soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 «Bektemir-Chirchiq-Gʻazalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota mfy “Fayz” kafesi) oralig‘ida, 


5 mart kuni soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 «Bektemir-Chirchiq-Gʻazalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 66 kilometrlari (Gʻalabasoy aholi yashash joyiga burilish “IBR” AYOQSH) oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.


Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqorolar Chirchiq shahri yohud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing