09:50 / 27.02.2025
17 975
Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 26-fevral kuni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtgan. Unda taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, tizimida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilingan hamda yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilangan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrugʻiga koʻra, Muzaffar Hamdamov viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan. Ushbu buyruqni vazir oʻrinbosari Sherzod Karimov oʻqib eshittirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Erkin Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi

Samarqandda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi

Vazirlik huzurida Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etilmoqda

Toshkent shahrida noqonuniy diniy jamoat fosh etildi

Toshkent shahrida noqonuniy diniy jamoat fosh etildi