12:49 / 26.02.2025
19 402
Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

26-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi

Malayziyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi UzNur.uz

“Er qidirgan” ga jazo bormi? UzNur.uz

Pokiston Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi UzNur.uz

Markaziy harbiy okrug bo‘ylab bayram shukuhi kezmoqda