16:40 / 25.02.2025
20 824

Pokiston Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi UzNur.uz

 

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Toshkent shahriga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Majmua bilan qisqacha tanishuv asnosida Pokiston delegatsiyasi vakillariga bu yerda aks ettirilgan siymolar va tarixiy voqealar mazmuni haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 26-fevral kuni boʻlib oʻtadi.

Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston – Pokiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida Qoʻshma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan


Pokiston, O'zbekiston, "Yangi O'zbekiston" monumenti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing