Tailandda mehmonxonaning 6-qavatidan qulab tushgan o‘zbekistonlik yosh ayol og‘ir jarohat oldi
Tailandda mehmonxonaning 6-qavatidan qulab tushgan o‘zbekistonlik yosh ayol og‘ir jarohat oldi
Diplomatlar jabrlangan qizning vataniga qaytishiga yordam berdi.O‘zbekistonlik diplomatlar Tailanddagi baxtsiz hodisada jarohatlangan vatandoshimizga vataniga qaytishga yordam berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, 23 yoshli M. Bangkokdagi mehmonxonaning oltinchi qavatidan yiqilib, og‘ir tan jarohatlari olgan. Qiz kasalxonaga yotqizilgan va mahalliy shifoxonada davolangan.
Jabrlanuvchining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi va hujjatlar bilan bog‘liq muammolarga qaramay, O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi diplomatlari o‘z vatandoshiga barcha zarur yordamni ko‘rsatdi. Diplomatlarning mahalliy kasalxona rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari tufayli uning davolanish uchun 7,4 ming dollar qarzi hisobdan chiqarildi, deyiladi xabarda.
Fuqaro Sh. M. pasportini yo‘qotib qo‘ygan, unga bosh konsullik tomonidan vataniga qaytish guvohnomasi berilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi M.ning Oʻzbekistonga eson-omon qaytishi uchun alohida shart-sharoit yaratib, ishonchli shaxs hamrohligida vataniga qaytdi, deyiladi xabarda.
Tailand, mehmonxona, 6-qavat, o'zbekistonlik qiz




