10:34 / 20.02.2025
29 979

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ayrim aviareyslar bekor qilinadi

Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ayrim reyslar bekor qilinadi — Uzbekistan Airways

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli va Istanbul xalqaro aeroporti ma’muriyatining qaroriga ko‘ra, faqat 2025-yilning 20-21 va 21-22-fevral kunlari Uzbekistan Airways Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY281/282 aviaqatnovlarini bekor qilishga majbur bo‘lmoqda.

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, bekor qilingan aviaqatnovlar yo‘lovchilari tashuvi yuqorida keltirilgan sanalarning kunduzi vaqtida amalga oshiriladigan HY271/272 va HY273/274 aviaqatnovlari orqali rejalashtirilgan.

“Murakkab ob-havo sharoiti va yog‘ingarchilik (qor yog‘ishi) kutilayotganini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan parvozga ro‘yxatdan o‘tish uchun oldinroq kelishlarini so‘raymiz.

Qaror Meteorologiya aviatsiyasini muvofiqlashtirish qo‘mitasining joriy yil 18-fevraldagi Istanbul xalqaro aeroportidagi inqirozli vaziyat bo‘yicha majburiy va tavsiyaviy talablari asosida qabul qilingan” deyiladi xabarda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing