Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi.
Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.
Undan oldin DXX rahbari Abdusalom Azizov edi.
Bahodir Qurbonov 2019 yil 11 fevraldan beri O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U 1987 yildan 1989 yilgacha muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1990 yilda O‘zbekiston IIV Oliy tergov maktabiga, 1992 yilda esa O‘zbekiston IIV Oliy maktabiga o‘qishga kirgan.
2002−2005 yillarda Jizzax tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2005 yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tgan. 2008 yilda O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shu yilning o‘zida Namangan viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan.
2013 yil 24 dekabrdan 2015 yil 27 dekabrgacha O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015 yilda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i etib tayinlangan. 2017 yil 14 yanvarda general-mayor unvoniga sazovor bo‘lgan.
2018−2019 yillarda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yil yanvar oyida unga general-leytenant unvoni berilgan.
Bahodir, Qurbonov, rais, boshlig', Jizzax




