11:36 / 19.02.2025
31 554

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi

Prezident farmoni bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga aholi tomorqasi va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

- aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklaridagi yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritish hamda “Online mahalla” platformasida aniq va batafsil maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

- tomorqalarda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishni yashil va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish orqali aholining yuqori daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash va ularni kambagʻallikdan chiqarish. 

Batafsil: ПФ-22 18.02.2025 Томорқа ер эгалари ва деҳқон хўжаликлари фаолиятида замонавий ташкилий тизимни жорий қилиш ва молиявий қўллаб-қувватлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing