15:55 / 18.02.2025
32 935

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Quvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi UzNur.uz

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Quvayt davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi

 


Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, etakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o`tkazdi.

Sammit yakunida Qo`shma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yo`nalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar to`plami imzolandi.

Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida "As-Salom" saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozisiyalarini ko`zdan kechirdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga jo`nab ketdi.


Quvayt, rasmiy tashrif, Shavkat Mirziyoyev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing