15:10 / 17.12.2024
138 732

Asad Suriyadan qochganidan keyin ilk bor bayonot berdi

 

Asad Suriyadan qochganidan keyin ilk bor bayonot berdi.


Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad mojaro payti mamlakatdan qochib chiqib ketganidan so‘ng ilk bor bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ziddiyat paytida Rossiyaning Xmeymim aviabazasiga yetib kelganida, u Damashqning qulagani haqida bilgan. Shundan so‘ng u Moskva baza qo‘mondonligiga RFga zudlik bilan evakuatsiya qilinishi kerakligini ta’kidlagan. Asadning aytishicha, u Damashqda 8 dekabr erta tonggacha qolgan. 

– Bayonot avvalroq e’lon qilinishi kerak edi, -deya qo‘shimcha qildi u. – Ammo o‘sha paytdagi vaziyatlar, shu jumladan, xavfsizlik nuqtai nazaridan uni e’lon qilish kechiktirildi. 

Asadning ta’kidlashicha, u Latakiyaga Rossiya ittifoqchilari bilan harbiy amaliyotlarni muvofiqlashtirish uchun borgan. 

 - Latakiyadagi bazaga kelganimizda bizning kuchlarimiz barcha jangovor pozitsiyalardan butunlay olib chiqib ketilgani ma’lum bo‘ldi, - deydi Bashar Asad. - Vaziyat yomonlashishda davom etdi. 

Xorijiy nashrlarning yozishicha, Bashar Asadning ushbu bayonoti 16 dekabrda e’lon qilingan va e’lon qilingan joy “Moskva” deb ko‘rsatilgan.


Asad, Bashar, Suriya, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing