17:03 / 14.02.2025
39 263

Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo`shatishga taqiq joriy etildi UzNur.uz

Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo`shatishga taqiq joriy etildi


 



Mehnat kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Unga ko`ra, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo`shatishga taqiq joriy etilmoqda. 

Qonun bilan Mehnat kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi”  idoralararo dasturiy-apparat majmuida  elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o`rtacha ish haqini hisoblash tartibini o`zgartirishni nazarda tutuvchi qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Ta’lim to`g`risida”gi qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o`qishi mumkin bo`lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o`zgartirishlar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo`shatishga taqiq joriy etilmoqda. 

Kiritilayotgan o`zgartirishlarga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog`ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikasiyalovchi ID kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integrasiyalashuv platformalari orqali so`rab oladi. 

Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to`g`risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo`yicha tatbiq etilishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


homilador, bo'shatish, menhat kodeksiga o'zgartirish
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing