Nargiza Xolboyeva “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolboeva Prezident tomonidan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi samarali mehnati, yurtimizda sportni keng ommalashtirish va rivojlantirish, aholi, xususan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, navqiron avlodni mustahkam irodali, jismonan va ma’nan barkamol etib voyaga yetkazish borasidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbida ilm-ma’rifatga intilish, mehnatsevarlik fazilatlarini kamol toptirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolboyeva Nargiza Ibadullayevna «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev




