13:11 / 07.02.2025
50 939

Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi taqiqlangan modda bilan ushlandi

 

Toshkent shahrida Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi va unga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotgan shaxs qo`lga olindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda prokuror katta yordamchisi boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan va mashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaro ham Toshkent shahrida qoʻlga olindi. Undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qayd etilishicha, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing