15:35 / 06.02.2025
52 535

O’zbekiston va Somali o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi  UzNur.uz

O’zbekiston va Somali o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi 

O’zbekistonning BMT dagi doimiy vakili Ulug’bek Lapasov va Somalining BMT dagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon ikki davlat nomidan kecha, 5-fevral kuni Nyu York shahrida qo’shma kommunike imzolandi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.  

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. 

 Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o`zaro manfaatli yo`nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo`yicha kelishuvga erishildi. 

 Mazkur hujjatning imzolanishi O`zbekiston bilan Afrika davlatlari o`rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo`lidagi muhim qadam bo`ldi. 

 Shu tariqa, Somali Federativ Respublikasi O`zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o`rnatgan 157-davlatga aylandi. 

 Eslatib o`tamiz, O`zbekiston 2024 yilda Afrika, Amerika va Evropaning 12 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar o`rnatgan edi.


O'zbekiston, Somali, diplomatik munosabatlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing