13:09 / 05.02.2025
54 426
Toshkent viloyatida 0,5 kg gashish olib ketayotgan avtomashina toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyatidagi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postida gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, post orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan avtomashina bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida orqa eshik ichki qoplamasida xufiyona yashirib joylashtirilgan, 1 dona zarli qogʻoz oʻramida 529 gramm gashish giyohvandlik vositasi fosh etilgan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Boshqarma taqdim etgan raqamlarga koʻra, 2024-yilning oʻtgan davr mobaynida 78 ta holatda 75 kgdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Surxondaryoda qariyb 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib, chegara postidan o‘tayotgan ayol qo‘lga tushdi

40 dona IPhone O’zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilmoqchi bo’ldi

Farg`onada qariyb 500 mln so`mlik zargarlik buyumlarini olib kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi UzNur.uz

5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6 mln so‘mdan oshdi