Farg`onada qariyb 500 mln so`mlik zargarlik buyumlarini olib kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi UzNur.uz
Farg`onada qariyb 500 mln so`mlik zargarlik buyumlarini olib kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi
Ushbu fuqaro harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg`otganligi sababli to`xtatilib o`zi va unga tegishli bo`lgan qo`l sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratdan o`tkazildi.
Natijada, fuqaro qo`l sumkasida, o`zida taqilgan va tana a’zolariga yashirilgan umumiy qiymati 483 mln so`mlik og`irligi 620 gr.ga teng bo`lgan 5 turdagi 105 dona zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirib olib o`tayotganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Eslatib o`tamiz: amaldagi tartiblarga ko`ra jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to`lovlari undirilmasdan respublikaga olib kirishga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlar uchun me’yor 65 gr. etib belgilangan
Bojxona, zargarlik, Farg'ona




