10:12 / 04.02.2025
56 339

Toshkentda savdo majmuasi xodimi lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘ldi

3-fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Riviera savdo majmuasida farrosh ayol lift shaxtasini tozalayotgan vaqtda uskuna harakatlanishni boshlagan. Oqibatda xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. 

 

Soat 11:10 da binoda farrosh bo‘lib ishlovchi Sh. M. (1979 y.t.) liftning harakatlanish shaxtasidagi shisha oynalarni tozalash jarayonida lift eshiklari yopilib qolgan va lift tepaga qarab harakatlanishni boshlagan.

Shu vaqtda qurilmani harakatga keltiruvchi toshlar pastga, ya’ni Sh. M. turgan joyga qarab harakatlangan va uni qisib qolgan, tushuntirdi BP.

Aniqlanishicha, u Riviera savdo majmuasida 2020-yil avgustidan buyon ishlab kelayotgan bo‘lgan.

Holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing