13:51 / 31.01.2025
62 785

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mahkumlarni almashish boshlanadi UzNur.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mahkumlarni almashish boshlanadi

 


Hozirda Qirg‘izistonda 97 nafar o‘zbekistonlik jazo muddatini o‘tamoqda..


O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashtiradi. Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tegishli qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi.


Chet elda jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar o‘z vatanida jazoni o‘tashni davom ettira oladi.


 

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda Oʻzbekistonda 42 nafar qirgʻizistonlik jazoni oʻtamoqda. O‘z navbatida Qirg‘izistonda 97 nafar o‘zbekistonlik qamoq jazosiga hukm qilingan.


Mahkumlar jazoni o‘tashni davom ettirish uchun o‘z vatanlariga jo‘natiladi.


 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil iyul oyida mamlakatlar o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.



Qirg'iziston, O'zbekiston, mahkumlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing