11:23 / 28.01.2025
68 164

Yanvar oyi boshidan beri birjadagi propan narxi 11% dan oshdi

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz narxi bir tonnasi uchun kunlik 3,7% o‘sish bilan 6,9 mln so‘mdan oshdi.


 

Yanvar oyi boshidan beri tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) propan narxi 11% dan ko‘proqqa oshdi.

24-yanvar kuni suyultirilgan gazning birja narxi bir kunda 3,7% ga ko‘tarilib, bir tonnasi 6,9 mln so‘mdan oshib ketdi. 6-yanvarga nisbatan propan 11,8% ga qimmatlashgan, sotish hajmi esa taxminan 1,2 ming tonnani tashkil etmoqda.

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida Raqobat qo‘mitasi suyultirilgan gaz narxlarining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20% gacha oshirish chegarasini joriy etdi.

Bir tonna AI-80 benzini narxi sezilarli darajada o‘zgarmadi — 9,2 mln so‘m. Bu Raqobat qo‘mitasi tomonidan 13-noyabrdan belgilangan narxlar chegarasiga yaqinligicha qolmoqda. Kechagi savdolarda yoqilg‘i sotuvi 4 ming tonnadan pastga tushdi. 17-yanvar kuni benzin sotish hajmi rekord darajaga yetib, 14,1 ming tonnadan oshdi — bu bir kun oldingiga nisbatan 3,54 baravar ko‘p.


Shuningdek, bir tonna AI-92 benzinining birja narxi kuniga 2,5% ga oshib, 12,25 mln so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, sotilgan yoqilg‘i hajmi 471,5 tonnani tashkil etib, o‘tgan kunga nisbatan ikki barobarga oshdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing