10:38 / 24.12.2024
210 801

Metan “zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar olib tashlanishi mumkin

 

Metan “zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar olib tashlanishi mumkin.

Energetika vazirligi matbuot kotibi bu joriy hafta oxirigacha quvurlardagi tabiiy gaz bosimidan kelib chiqib belgilanishini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda metan “zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar olib tashlanishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev cheklovlar yumshatilishi mumkinligini  tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, quvurlardagi tabiiy gaz bosimidan kelib chiqib, hafta oxirigacha AGTKShlarning 24 soatlik ish rejimi tiklanadi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Energetika vazirligi metan “zapravka"lar faoliyatiga vaqtinchalik qisqa muddatli cheklov kiritilishini ma’lum qildi. Havo haroratining keskin pasayishi bilan gaz iste’moli keskin oshdi va quvurlardagi bosim pasaydi.

Bundan tashqari, haydovchilarni qo‘shimcha yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun birjaga chiqariladigan benzin hajmi vatqinchalik ikki baravarga oshirildi. Vazirlik talab va taklifdan kelib chiqib, hajm qo‘shimcha oshirilishini ta’kidladi.

Zapravkalarga cheklovlar fonida birjada AI-80 benzini hajmi 4 barobargacha oshdi. Xususan, 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda AI-80ning birja narxi bir tonnasi uchun 9,32 mln so‘mni tashkil etib, kun davomida 0,4%ga arzonlashgan. Realizatsiya qilingan hajm 7,94 ming tonnaga yetdi — bu 5-dekabrdagiga nisbatan 3,68 baravar ko‘pdir.

Energetika vazirligi AI-92 benzinining kunlik taklifi 4 ming tonnagacha oshganini ma’lum qildi. Biroq, uning atigi 8% sotilgan.

Avvalroq Farg‘onada AI-80 benzinini ulgurji sotgan “zapravka"ning birja savdosidagi ishtiroki to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.


cheklovlar, Energetika, vazirligi, “zapravka"lar, faoliyatiga, quvurlardagi, kelib, chiqib, ma’lum, qildi, kiritilgan, tashlanishi, matbuot, kotibi, hafta, oxirigacha, tabiiy, bosimidan, metan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing